Iyul oyi davomida Germaniya politsiyasi Frantsiya, Lyuksemburg va Belgiya orqali g‘arbiy chegaralardan noqonuniy o‘tish bo‘yicha 4000 dan ortiq urinishni anıqladi. Ulardan 2573 nafari Reynland-Pfalz va Saar federal yerlariga Frantsiya orqali kirishga uringan.
Qonunsiz migrantlarning bir qismi qaytarildi: 1364 kishi Frantsiyaga, 869 kishi Lyuksemburgga va 132 kishi Belgiyaga deportatsiya qilindi. Bu raqamlar faqat iyul oyiga taalluqli bo‘lib, yakuniy statistika hali e’lon qilinmagan.
Federal politsiya ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruvlar davomida 144 kontrabandachi qo‘lga olingan, 480 nafar shaxs esa order asosida hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 16 sentyabrdan boshlab Germaniya barcha chegaralarida vaqtincha nazorat qayta joriy etilgan. Ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt bu rejimni sentyabrdan keyin ham davom ettirish niyatida ekanini bildirgan.