RKN Telegram va WhatsApp’dagi qo‘ng‘iroqlarni vaqtincha cheklashga „firibgarlik, tovlamachilik va fuqarolarni noqonuniy faoliyatga jalb qilish“ sabab bo‘lganini bildirdi.
Roskomnadzor’ga ko‘ra, usbu messenjerlar Rossiyada „asosiy ovozli aloqa xizmatlari“ga aylangan va ular orqali noqonuniy maqsadlarda qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilmoqda.
Boshqa funksiyalar ishlashda davom etadi. RF Raqamli rivojlanish vazirligi cheklovlar messenjerlar Rossiya qonun talablari bajarilgach olib tashlanishini ma’lum qildi.