Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati Darakchi.uz ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mansabdor o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning Qirg‘iz Respublikasidan olib kelgan 80 dona “Iphone-16 Pro” rusumli uyali telefon apparatlarini tegishli rasmiylashtiruvlarsiz bojxona postidan noqonuniy o‘tkazib berganligi evaziga 5000 AQSh dollari hamda 1 dona “Iphone-16 Pro” telefon apparati talab qildi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bojxona organlari podpolkovnigi usbu moddiy qiymatliklarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan uslandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.