Putin bilan muzokaralardan so‘ng Trump Kiyevni harbiy mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirdi. AQSh rahbari Putin bilan ko‘p narsa, jumladan, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish masalasida ham kelishib olganini ta’kidladi.
Trump Rossiya yetakchisi bilan uchrashuvni “juda iliq” deb baholadi va unga “10 dan 10” baho berdi, biroq Moskva va Vashingtonning qaysi masalalarda kelishmovchiligini oshkor qilmadi. "Endi hamma narsa haqiqatan ham prezident Zelenskiyga bog‘liq", deb hisoblaydi Amerika prezidenti.
Zelenskiyning o‘zi Trump bilan mazmunli suhbatlashganini va 18 avgust, dushanba kuni Vashingtonda “barcha tafsilotlarni” muhokama qilish niyatida ekanini aytdi.
Donald Trump rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaradan so‘ng Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga harbiy mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishishni maslahat berdi. AQSh rahbari Putin bilan ko‘p narsa, jumladan, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish masalasida ham kelishib olganini ta’kidladi.
Fox News telekanaliga bergan intervyusida Amerika rahbaridan mojaro Kiyev uchun hudud va xavfsizlik kafoatlari almashish bilan tugaydimi, degan savolga berilgan. "Meningcha, bular biz muhokama qilgan va biz asosan kelishib olgan fikrlardir", dedi Trump. U Putin bilan uchrashuvni “juda iliq” deb baholadi va uni “10 dan 10” baholadi, ammo Moskva va Vashington qaysi masalalarda kelishmovchiliklar borligini oshkor qilmadi.