AsosiyDunyo

Xitoyda dunyodagi ilk "homilador robot" namoyish etildi

Fikrlar ikkiga bo‘lingan: tanqidchilar buni "shafqatsiz", "axloqiy me’yorlarga zid" deb baholasa, tarafdorlar texnologiyani ayollarni homiladorlikning og‘ir jismoniy qiyinchiliklaridan asraydigan zamonaviy yo‘l sifatida qabul qilmoqda.

'Xitoyda dunyodagi ilk "homilador robot" namoyish etildi'ning rasmi

Xitoyning Kaiwa Technology kompaniyasi oʻn oy davomida homilani koʻtarib yurishi va chaqaloq tugʻilishiga moʻljallangan dunyodagi birinchi odamsimon robot prototipini jamoatchilikka taqdim etdi. Bu haqda Interesting Engineering nashri maʼlumot berdi.

Loyihaning asosini amnionik suyuqlik bilan toʻldirilgan sunʼiy bachadon moduli tashkil etadi. Mazkur innovativ tizimda embrion rivojlanishi va tabiiy homiladorlik jarayoniga taqlid qilinishi koʻzda tutilgan. Shu orqali maxsus shlang yordamida ozuqa moddalari robotga uzatiladi va homila oʻsishi taʼminlanadi.

Kompaniya asoschisi va bosh direktori doktor Chjan taʼkidlashicha, qurilma hayvonlarda sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan. Unga koʻra, bu robot 2026 yilda bozorda taxminan 100 ming yuan (taxminan 14 ming dollar) narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Yangi texnologiya farzand koʻrishni istagan, ammo tabiiy homiladorlikdan voz kechishga majbur boʻlayotgan yoshlar, farzand koʻrish imkoniyatidan mahrum oilalar va hatto yolgʻiz shaxslar uchun moʻljallangan.

Mazkur yangilik Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida katta muhokamalarga sabab boʻldi. "Dunyodagi birinchi homilador robot" soʻrovi Weibo qidiruv tizimida yetakchi oʻringa chiqdi. Fikrlar esa ikkiga boʻlindi: tanqidchilar buni "shafqatsiz", "axloqiy meʼyorlarga zid" deb baholasa, tarafdorlar texnologiyani ayollarni homiladorlikning ogʻir jismoniy qiyinchiliklaridan asraydigan zamonaviy yoʻl sifatida qabul qilmoqda.

Shuni inobatga olish kerakki, 2020 yilga kelib Xitoyda bepushtlik darajasi 18 foizga yetgan, shuningdek, mamlakatda surrogat onalik qonuniy jihatdan taqiqlangan. Shu bois, bunday texnologiyaga talab juda yuqori boʻlishi kutilmoqda, deb yozadi Interesting Engineering. Tarmoq foydalanuvchilarining koʻpchiligi robot orqali farzand koʻrish orzusini roʻyobga chiqara olishidan umidvorligini bildirmoqda.

Xulosa qilib aytganada, Kaiwa Technologyʼning bu prototipi nafaqat texnologik yangilik sifatida, balki oila qurish va avlod davomiyligi haqidagi tasavvurlarga ham katta taʼsir koʻrsatishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Pokistondagi kuchli yomg‘ir sabab halok bo‘lganlar soni 400 dan oshdi'ning rasmi

    Dunyo 16.08.2025 18:25

    'EII etakchilari Putin va Trump uchrashuvidan so‘ng qo‘shma bayonot bilan chiqdi'ning rasmi

    Dunyo 16.08.2025 16:21

    EII etakchilari Putin va Trump uchrashuvidan so‘ng qo‘shma bayonot bilan chiqdi

    Bu bayonot Fransiya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Polsha, Portugaliya va Evrokomissiya rahbariyati tomonidan tayyorlangan.

    'Donald Trump Putin bilan uchrashuvni "10 dan 10" deb baholadi'ning rasmi

    Dunyo 16.08.2025 13:08

    Donald Trump Putin bilan uchrashuvni "10 dan 10" deb baholadi

    Kiyevga esa harbiy mojaroni hal qilish boyicha "kelishishni" maslahat berdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 16.08.2025 12:10

    'Putin va Trump Alyaskada uchrashdi'ning rasmi

    Dunyo 16.08.2025 08:36

    Putin va Trump Alyaskada uchrashdi

    Qariyb 3 soat davom etgan muzokarada nimalar gaplashildi?

    'Pokistonda kuchli yomg‘ir oqibatida 160 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 15.08.2025 21:38

    Pokistonda kuchli yomg‘ir oqibatida 160 kishi halok bo‘ldi

    Halok bo‘lganlarning 110 nafari tog‘li Xayber-Paxtunxva viloyatidan.