Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Bosh vaziri oʻrinbosari, mudofaa ishlari boʻyicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahman bin Hasan bin Ali Ol Soniy bilan uchrashuv oʻtkazdi. “Qatar bilan harbiy sohada tajriba va bilim almashish, mintaqaviy xavf-xatarlar fonida hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildik”, — deya taʼkidladi Saidov. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish muhimligi qayd etildi.