Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn davlat tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoev hamrohligida Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
Unda xalqaro standartlarga mos, xorijiy bozorlarga mo‘ljallangan yuqori sifatli mahsulotlar namoyish etildi. Ko‘rgazmada tog‘-kon, farmatsevutika, kimyo, to‘qimachilik, IT, zargarlik va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, texnologiyalar va innovatsiyalar haqida ma’lumot berildi.
Iordaniya yetakchisi O‘zbekiston sanoat salohiyatini yuqori baholab, ikki mamlakat o‘rtasida texnologik hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Iordaniya podshohi Oʻzbekiston sanoat salohiyati bilan tanishdi
Abdulla II ibn al-Husayn Samarqanddagi ko‘rgazmada O‘zbekistoning eksportbop mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi.
