AsosiyDunyo

Trump G‘azodagi urushni yil oxirigacha tugatmoqchi

Biz u yoki bu yoʻl bilan moʻjaroni bir marta va butunlay hal qila olishimizga ishonamiz — Uitkoff.

'Trump G‘azodagi urushni yil oxirigacha tugatmoqchi'ning rasmi

Qoʻshma Shtatlar Gazodagi bosqinni shu yil oxirigacha hal qila olishini kutmoqda. Bu haqda AQSh Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff kecha, 26 avgust kuni Oq uyda AQSh hukumat yigʻilishida maʼlum qildi.

“Biz u yoki bu yoʻl bilan mojaroni bir marta va butunlay hal qila olishimizga ishonamiz”, — deydi Uitkoff.

Uitkoffning soʻzlariga koʻra, HAMAS tinch yoʻl bilan yechimga tayyor ekani haqida signalar yubormoqda, Isroil esa anklavga yordamni oshirmoqda.

Shuningdek, AQSh Prezidenti Donald Trump bugun, 27 avgust kuni Oq uyda Gazo sektorini urushdan keyingi boshqaruvning keng qamrovli rejasini muhokama qilish uchun keng yigʻilish oʻtkazish niyatida ekanini aytdi.

Trump fevral oyida bu masalani oʻzining arab ittifoqchilariga qaratib, “Gazo sektorini qoʻlga olish va uning aholisini koʻchirish boʻyicha oʻz qarashlarini” taqdim etgan edi.

“Koʻp odamlar bu qanchalik oqilona va yaxshi niyat ekanini koʻradi va bu Prezident Trumpning insonparvarik niyatlarini aks ettirar”, dedi Uitkoff Trumpning bugun muhokama qilinishi rejalashtirilgan rejasining tafsilotlariga kirmasdan.

“The Times of Israel” shu munosabat bilan qayd etishicha, “Uitkoff birinchi marta AQShning “ertangi kun” (tinchlik kelishuvidan keyingi chora-tadbirlar) deb nomlangan rejasi mavjudligini oshkor qildi, chunki Vashington bu masalani mintaqadagi arab ittifoqchilariga qaratib qoʻydi. Gazetaning eslatishicha, bu gʻoya Trump falastinlik qochqinlarni qabul qilishga tayyor boʻlishiga umid qilgan “AQShning mintaqadagi hamkorlari tomonidan qatʼiyan rad etilgan”.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tolibon 5 qo‘shni mamlakatda transport maslahatchilari tayinlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:24

    Tolibon 5 qo‘shni mamlakatda transport maslahatchilari tayinlandi

    “Тожикистон, Ўзбекистон, Эрон, Покистон ва Туркманистонда Толибон транспорт маслаҳатчилари фаолият юритади”, — дея маълум қилди Афғонистоннинг амалдаги ҳукумати.

    'Prezident 523 mahkumni afv etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:39

    Prezident 523 mahkumni afv etdi

    Ular orasida xorijliklar ham bor.

    'Qirgʻizistondan noqonuniy olib kiritilgan 19 kg tilla Fargʻonada ushlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:28

    Qirgʻizistondan noqonuniy olib kiritilgan 19 kg tilla Fargʻonada ushlandi

    Qo'shni mamlakatan noqonuniy ravishda olib kiritilgan qiyimi taxminan 20 mlrd so'm bo'lgan tilla zargarlik buyumlari davlat chegarasida to'xtatib qolindi.

    'Kiyevga qilingan ommafiy hujumda to‘rt kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:24

    Kiyevga qilingan ommafiy hujumda to‘rt kishi halok bo‘ldi

    Rossiyaning bir necha soat davom etgan kuchli hujumi oqibatida Kiyevda to‘rt nafar kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlandi.

    'Daniya "spiral mo'jaro" uchun uzr so'radi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:33

    Daniya "spiral mo'jaro" uchun uzr so'radi

    1960–1970 yillarda Daniya hukumati 4,5 mingdan ortiq grenlandiyalik qizlarga ularning roziligisiz kontratseptiya vositalari o‘rnatgani ma’lum bo‘ldi.

    'Donbass aholisi "Trump tinchligi"ga ishonmayapti'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:31

    Donbass aholisi "Trump tinchligi"ga ishonmayapti

    DW muxbirining hududdan tayyorlagan reportajiga ko‘ra, Donetsk viloyatidagi janglar fonida Trumpning "tinchlik tashabbusi"ga ishonch kamaymoqda.