Maktablarda har hafta dushanba kuni birinchi soati «Kelajak soati» darslari sifatida o‘qitiladi. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining «Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
Bog‘chalarda 2025-2026 o‘quv yilida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi;
Maktablarda 2025-2026 o‘quv yilida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi;
Maktab psixologining 2025-2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy ish rejasi;
Maktablar uchun «Kelajak soati» darslarining namunaviy mavzular ro‘yxati tasdiqlandi.
Maktablarda har haftaning juma kuni o‘tkazib kelinayotgan «Sinf soatlari» 2025-2026 o‘quv yili davomida har haftaning dushanba kuni birinchi soatida «Kelajak soati» darslari sifatida o‘qitilishi belgilandi.