Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Asaka tumanida bir guruh yigitlar o‘rtasida janjal va do‘pposlash aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2001 yilda tug‘ilgan X.J. 2025 yil 8 iyun kuni tonggi 4:30 da Qadriyat mahallasida ikki nafar fuqaroni, jumladan 2004 yilda tug‘ilgan X.D. va 1997 yilda tug‘ilgan R.B.ni sheriklari bilan birga urib, ularga turli darajada tan jarohati yetkazgan.
Ushbu hodisa yuzasidan X.J., S.M. va O.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "G" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular vaqtincha qamoqqa olingan.
Tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga oshirildi. 2025 yil 27 avgust kuni Asaka tuman sudining hukmiga ko‘ra, har uchala sudlanuvchiga 3 yillik muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.