AsosiySiyosat

O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari: milliardlik loyihalar, vizasiz tartib va yangi universitetlar

Pekinda Mirziyoyev va Si Szinpin uchrashuvida savdo, ta’lim va madaniy almashinuvni qamrab olgan yirik kelishuvlar imzolandi.

'O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari: milliardlik loyihalar, vizasiz tartib va yangi universitetlar'ning rasmi

2 sentyabr kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Tszinpin rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar barcha sharoitlarda strategik sheriklikni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiya loyihalari, sanoat va qishloq xo‘jaligida hamkorlik, “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi kabi yirik dasturlar alohida qayd etildi. 2023 yilda ikki tomonlama savdo hajmi 14 milliard dollardan oshgani, bu yil esa yana 23 foizga o‘sgani ma’lum qilindi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 20 milliardga yetkazish rejalashtirilgan. Ta’lim va ilm-fan sohasida ham qator kelishuvlar imzolandi. Xitoyning bir necha universitetlari O‘zbekistonda filial ochadi, sun’iy intellektni rivojlantirish markazi hamda “Lu Ban’ ustaxonalari” tashkil etiladi. Shuningdek, madaniy almashinuvlarni kuchaytirish maqsadida vizarizim rejimi joriy etildi, aviaqatnovlar soni ko‘paymoqda. Mirziyoyev muzokaralar yakunida Si Tszinpinni O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi. Suhbat har doimgidek ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tdi.

    Boshqa yangiliklar