Statistika agentligi eʼlon qilgan palov indeksiga koʻra, 2025 yil avgust oyida palov tayyorlash uchun kerakli mahsulotlar narxi Oʻzbekiston boʻylab umumiy hisobda barqaror boʻlgani aytilmoqda.
Toshkent shahrini ham oʻz ichiga olgan 10 ta hududda narxlar 0,27 foizgacha pasaygan. Narxlarning barqarorlashishiga ayrim hududlarda goʻsht, boshqalarida esa guruch va yogʻ narxining tushishi taʼsir qilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, palov uchun eng qimmat goʻsht Fargʻonada — 109 520 soʻm, eng qimmat guruch Surxondaryoda — 23 284 soʻm va eng qimmat yogʻ Toshkent shahrida — 24 199 soʻm boʻlib turibdi.