AsosiyJamiyat

Toshkentda 180 mlrd so‘mlik noqonuniy kripto-operatsiya amalga oshirgan guruh fosh etildi

Jinoiatchilar xorijiy bukmerlik saytlari orqali pullarni kripto-aktivlar vositasida qonuniylashtirishga uringan.

'Toshkentda 180 mlrd so‘mlik noqonuniy kripto-operatsiya amalga oshirgan guruh fosh etildi'ning rasmi

Toshkent shahrida noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi bilan shugʻullangan jinoyiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi. Bu haqda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, guruh aʼzolari Desent platformasi orqali kriptovalyutadan foydalanib, xorijiy bukmerkerlik kompaniyalari bilan hamkorlikda 180 milliard soʻmdan ortiq mablagʻlarni noqonuniy tarzda qonuniylashtirishga harakat qilgan.

Yashnobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar qoʻlga olindi. Tekshiruv paytida ulardan 38 ta mobil telefon, mingga yaqin plastik karta ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi asosida ish qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tegishli idoralar fuqarolarni noqonuniy kriptovalyuta operatsiyalaridan ogoh boʻlishga chaqirmoqda.

    Boshqa yangiliklar