AsosiyJamiyat

Andijonda zapravkada yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

'Andijonda zapravkada yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

5 sentyabr kuni Andijon tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisada jabrlanganlar yo‘qligini bildirdi.

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, taxminan 5 tonna sig‘imga ega MAN rusumli yoqilg‘i tashuvchi avtomobildan propan gazini to‘kish jarayonida texnologik qoidalar buzilgan.

Natijada yong‘in kelib chiqqan. Voqea haqida soat 12:05 da xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv brigadalari 8 daqiqada, soat 12:13 da hodisa joyiga etib borib, olovni 12:26 da o‘rab olgan va 13:03 da to‘liq o‘chirilgan.

 Rasmiylarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar