O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiyomatini belgiladi.
Bildirilishicha, dollarning rasmiy kursi 59,45 so‘mga tushib, 12 285,16 so‘mni tashkil qilgan. Yevro kursi esa 13,71 so‘mga ko‘tarilib, 14 514,92 so‘m etib belgilangan.
Rossiya rubli 1,08 so‘mga pastlab, 148,62 so‘mni tashkil etgan.