AsosiyJamiyat

Endi "Shifokorning raqamli yordamchisi" dasturi yo'lga qo'yiladi

Dastur sun'iy intellektga asoslangan bo'lib, tibbiy ko'rik paytida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiradi.

'Endi "Shifokorning raqamli yordamchisi" dasturi yo'lga qo'yiladi'ning rasmi

Bemorlarga tashxis qo‘yishda ko‘maklashuvchi sun’iy intellektga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda aholiga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshiriladi.

“Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda aytilishicha, “Raqamli hukumat” dasturi doirasida 41 ta loyiha ishga tushiriladi.

Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan fuqarolarning ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaati, mahallalardagi oilalar va aholi ma’lumotlarini yuritish hamda mahallalarda aholi bilan ishlash jarayonlari “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshiriladi.

2026 yil 1 maydan nogironlikni belgilash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo‘llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.

Kelgusi yil yakunigacha tibbiy ko‘rik jarayonida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi hamda bemorlarga tashxis qo‘yishda ko‘maklashuvchi sun’iy intellektga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi ishga tushiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:04

    '5 yil oldin "prava" olganlar uchun qayta imtihon bo'ladimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:12

    5 yil oldin "prava" olganlar uchun qayta imtihon bo'ladimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan ushbu savolga rasmiylar javob berdi.

    'Telegramda payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilgan yigit qamaldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:11

    'Toshkent viloyatidagi maxsus bog‘chada bolalar tarbiyachi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:06

    Toshkent viloyatidagi maxsus bog‘chada bolalar tarbiyachi tomonidan kaltaklandi

    Ҳолат юзасидан Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги расмий маълумот берди.