AsosiySIYOSAT

Saida Mirziyoyeva qizlar ta'limi haqida gapirdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat oliy ta’lim tizimida qizlarning ishtiroki ortib borayotganiga e’tibor qaratdi.

'Saida Mirziyoyeva qizlar ta'limi haqida gapirdi'ning rasmi

Uning ta'kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida 1,5 milliondan ortiq talaba tahsil olmoqda. E'tiborli jihati, ularning yarmidan ko‘prog‘ini qizlar tashkil etadi.

Saida Mirziyoyeva mazkur natijalarni mamlakatda ta'lim sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi sifatida baholadi.

“Qizlarimiz o‘qimoqda, izlanmoqda, o‘z ustida ishlamoqda. Eng muhimi, ularning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi va shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasi, atrofidagi muhit va butun mamlakat kelajagini ham o‘zgartira oladi”, degan u.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari ta'lim insonga hayotda mustaqil yo‘l tanlash imkonini berishini ta'kidlab, qizlarning ilm olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etgan.

“Qizlarimizga orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun imkoniyat beraylik”, deydi Saida Mirziyoyeva.

    Boshqa yangiliklar