Dono Boboxanova (Danisiya Dayanovna Boboxanova) 1946 yil 20 noyabrda Qozog‘istonda tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlab, "Yosh gavrdiyachilar" teatrida faoliyatini boshlagan. 1996 yili "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan taqdirlangan
Aktrisa milliy sahna san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan hamda betakror obrazlar yaratgan. Shuningdek, ijodi davomida "Tilim qursin", "Chol va nabira", "Berlin-Oqqo‘rg‘on" kabi ko‘plab filmlarda mahoratli rol ijro etgan. Dono Boboxanova to‘qqiz nabira va to‘rt evaraning buvisi edi.






