AsosiyDunyo

Zelenskiy: Donetsk viloyatida 160 kv.km hudud ozod qilindi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy armiyasi Donetsk viloyatida bir necha hududlarni qaytarib olgani haqida maʼlum qildi.

'Zelenskiy: Donetsk viloyatida 160 kv.km hudud ozod qilindi'ning rasmi

Prezidentning aytishicha, so‘nggi haftalarda Ukraina kuchlari 160 kvadrat kilometr maydon va yetti qishloqni ozod etgan. Unga ko‘ra, faqatgina Pokrovskiy yo‘nalishida Rossiya armiyasining 1300 ga yaqin askari halok bo‘lgan. Zelenskiy Donetsk viloyatiga tashrif buyurib, desant va shturmchi qo‘shinlar boshqaruv punktida bo‘ldi.

Qaysi qishloqlar ozod qilingani ochiqlanmadi. Biroq ukrain manbalari bu operatsiya Dobropole yaqinidagi ruslarning frontdagi chiqib ketgan hududini yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Avvalroq bu yerda Rossiya qo‘shinlari hujumi haqida xabar berilgandi, ammo keyinchalik Ukraina armiyasi qarshi hujumga o‘tib, bir qator hududlarni qaytarib olgani aytilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:53

    'Kamchatka sohilida kuchli zilzila yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:11

    Kamchatka sohilida kuchli zilzila yuz berdi

    AQSh Geologiya xizmati 19 sentabrga o‘tar kechasi qayd etilgan zilzilaning magnitudasini 7,8 deb baholadi.

    'Trump Putindan norozi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:35

    Trump Putindan norozi

    Qo'shma Shtatlar rahbari Buyuk Britaniya bosh vaziri bilan uchrashuvida Rossiya rahbarini keskin tanqid qildi.

    'Sankt-Peterburgda 23 yoshli o‘zbekistonlik qurilish maydonida halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 18.09.2025 21:47

    Sankt-Peterburgda 23 yoshli o‘zbekistonlik qurilish maydonida halok bo‘ldi

    Aniqlanishicha, halok bo‘lgan ishchi va qurilish kompaniyasi o‘rtasida rasmiy mehnat hujjatlari mavjud bo‘lmagan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.09.2025 19:00

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.09.2025 17:00