AsosiyJamiyat

7 kg oltinni chegaradan noqonuniy o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan bojxona xodimi qo‘lga tushdi

Bojxonachi bu "yordam" uchun fuqarodan 5 000 dollar olgan vaqtida ushlangan.

'7 kg oltinni chegaradan noqonuniy o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan bojxona xodimi qo‘lga tushdi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.Bu haqda DXX axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasining "Navoiy" chegarа bojxona posti inspektori xizmat mavqeidan foydalanib, Toshkent tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaroning 7 kg oltin qimmatbaho metallarini Qozog‘iston Respublikasidan chegarа bojxona posti orqali deklaratsiyada ko‘rsatmasdan va bojxona nazoratidan yashirgan holda o‘tkazib berish evaziga Chirchiq shahrida 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda bojxona xodimiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Toshkent shahrida qayd etilgan holatda esa Shayxontohur tumani davlat soliq inspektsiyasining sho‘ba bosh inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda, oziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ faoliyatini o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tugatib berish evaziga 2500 AQSh dollarini talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘ini tuman soliq inspektsiyasi binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda bosh inspektorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Boshqa holatda esa Mirabod tumani soliq inspektsiyasining mahallalarga birlashtirilgan soliq inspektorlari sho‘basi inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, o‘ziga birlashtirilgan hududda faoliyat yurituvchi savdo do‘konida soliq tekshiruvlari amalga oshirmaslik va kelgusida har qanday soliq tekshiruvlari to‘g‘risida oldindan xabar berib turish evaziga 10 mln so‘m pul mablag‘ini o‘zining bank plastik kartasiga o‘tkazdirib olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Endilikda usbu inspektor ham qonun oldida javob beradi, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Бухорода ўзбошимчалик билан қурилган айвон бузиб ташланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:16

    Бухорода ўзбошимчалик билан қурилган айвон бузиб ташланди

    Бу ҳақда МИБ ахборот хизмати хабар берди.

    'Samarqandda avtomashinada qoidabuzarlik sodir etgan 10 kishiga sud hukm o'qidi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:20

    Samarqandda avtomashinada qoidabuzarlik sodir etgan 10 kishiga sud hukm o'qidi

    6 nafari qamaldi. Mashinada drift qilgan 1 nafar haydovchi 1 yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi.

    'Машинада қолиб кетиб, вафот этган қизолақ воқеаси бўйича суд ҳукм чиқарди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:07

    Машинада қолиб кетиб, вафот этган қизолақ воқеаси бўйича суд ҳукм чиқарди

    Avvalroq, Qashqadaryoda bog‘cha mudirasining mashinasida yarim kun qolib ketgan qizaloqning jasadi mashinaning orqa o‘rindiqdan topilgani haqida xabar bergan edik. Sud hukmiga ko‘ra, bog‘cha mudirasi 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

    'Ukrainada qullikda saqlanayotgan o‘zbekistonliklar haqida rasmiy ma’lumot berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:11

    Ukrainada qullikda saqlanayotgan o‘zbekistonliklar haqida rasmiy ma’lumot berildi

    Ўзбекистон ТИВ Украинада қулдек ушлаб турилган 13 нафар ўзбекистонликни ватанга қайтиши учун керакли чоралар кўрилаётганини маълум қилди.

    'Bugun 3 ta viloyatda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    Bugun 3 ta viloyatda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    20 sentyabr kungi ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.

    'Ukrainada 13 nafar o‘zbek qullikda saqlanagan i aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.09.2025 21:12

    Ukrainada 13 nafar o‘zbek qullikda saqlanagan i aytildi

    Bu odamlarni eng og‘ir darajada xorlashgan: hatto hojatxonaga borishga ham belgilangan jadval asosida ruxsat etilgan — Ukraina prokuraturasi.