AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

Uchrashuvda Prezident AQShning yetakchi kompaniyalari bilan muhim minerallar sohasida sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi.

'Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi'ning rasmi

Bugun, 22 sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShning  yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, delegatsiya tarkibida “Traxis” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi, Kolorado geologiya maktabi vitse-prezidenti, “FLSmidt” kompaniyasi katta vitse-prezidenti Piter Flanagan, “McKinsey” kompaniyasining katta hamkori va Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisi rahbari Yermolay Soljenitsin va “Go Green Partners” kompaniyasi bosh direktori Mixail Sedoy qatnashgan. Prezident AQShning yetakchi kompaniyalari bilan muhim minerallar sohasida sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qilgan “Traxis” muhim xomashyo va minerallar, shu jumladan energetik o‘tish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va minerallarni yetkazib berish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.Kompaniya bilan birgalikda geologiya-qidiruv va konlarni o‘zlashtirish sohasida 1 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirilgan. Muhim minerallarni qazib olish, qayta ishlash va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yaratish sohasida ilgor texnologiyalar va bilimlarni joriy etish bo‘yicha bitim va "yo‘l xaritasi" qabul qilingan. Kolorado konchilik maktabi tog‘-kon sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yetakchi muhandislik universitetidir. Ushbu ta’lim muassasasi bilan O‘zbekiston geologiya fanlari universiteti qoshida Kompetensiyalar markazini tashkil etish masalasi ishlab chiqilmogda. “FLSmidt” tog‘-kon va boyitish sanoati uchun texnologiyalar va uskunalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya mamlakat mis sanoatini rivojlantirishda faol ishtirok etmogda.  

    Boshqa yangiliklar