24 sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq so‘zladi. Unda global havf-xatarlar, Yangi O‘zbekistondagi islohotlar hamda mintaqaviy va xalqaro hamkorlik masalalariga to‘xtaldi. Prezident xalqaro institutlar ta’siri zaiflashgani, nizo va urushlar kuchayganini qayd etdi. U BMT Havfsizlik Kengashini isloh qilish va uning tarkibini kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Mirziyoyev so‘zining avvalida O‘zbekistonda qashshoqlik 35 foizdan 6,6 foizga tushirilganini, ta’lim qamrovi esa keskin oshganini ma’lum qildi. Davlat rahbari Butunjahon professional ta’lim sammiti va Suvni tejash bo‘yicha xalqaro forumni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi. Shuningdek, Afg‘onistondan yolg‘iz qoldirmaslik, G‘azoda urush harakatlarini to‘xtatish va “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Mirziyoyev yoshlar, gender tengligi, iqlim o‘zgarishi va sun’iy intellektdan teng foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi. So‘zining yakunida Prezident O‘zbekiston ochiq muloqot va hamjihatlik tarafdori ekanligini bildirdi.






