Texnik nosozlik sabab 6-sonli poyezd 6 daqiqa toʻxtab qoldi
24 sentabr kuni soat 15:31 da "Himid Olimjon" va "Pushkin" bekatlari oraligʻida 6-sonli poyezdning elektromagnit energiyasini qabul qilish tizimida texnik muammo yuzaga keldi.
Buning ortidan poyezd qisqa muddat toʻxtab qolgan.
Maʼlum qilinishicha, 48 yillik eski harakat tarkibida yuzaga kelgan nosozlik 6 daqiqada bartaraf etildi va hozirda barcha poyezdlar jadval boʻyicha harakat qilmogʻda.
Yoʻlovchilardan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr soʻralmogʻda.