AsosiySiyosat

Ziroat Mirziyoyeva BMTda bolalar hayoti uchun global hamkorlikka chaqirdi

New Yorkda ilk bor Oʻzbekiston tashabbusi bilan saratonga chalingan bolalar mavzusida global forum oʻtkazildi.

'Ziroat Mirziyoyeva BMTda bolalar hayoti uchun global hamkorlikka chaqirdi'ning rasmi

BMT Bosh Assambleyasi doirasida Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva raisligida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va “St. Jude” bolalar tadqiqot shifoxonasi bilan hamkorlikda “Saratun va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish” mavzusida global forum boshlandi.

Forum jahon sog‘liqni saqlash tizimi uchun dolzarb masalaga bag‘ishlandi va ko‘plab davlatlar, xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar e‘tiborini tortdi.

Ziroat Mirziyoyeva jahon hamjamiyatini bolalar yashovchanligini oshirish bo‘yicha birlashib chora ko‘rishga chaqirdi.

Tadbirda Turkiya, Ozarbayjon, Angola, Vyetnam, Guatemala, Serbiya prezidentlarining rafiqalari ham ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar