AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ommaviy zaharlandi

Xo'sh, bunga nima sabab bo'lgan?

'Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ommaviy zaharlandi'ning rasmi

24 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bir necha bolalar o‘zini yomon his qilib, shifoxonaga tushgani haqida avval xabar berganmiz.

Hodisa jamoatchilikda katta qiziqish va havotir uyg‘otgani bois, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi usbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, bolalar tumandagi tibbiyot birlashmalariga yuborilgan va ularga “Oshqozon-ichak faoliyatining o‘tkir funksional buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qo‘yilgan.

Hamma bemorlarga zarur muolajalar belgilangan, va ularning aksariyati shu kuni sog‘ayib, uylariga javob berilgan. Og‘ir holatdagi bemor bolalar aniqlanmagan. Mazkur holat vazirlik nazoratiga olingan va bugungi kunda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda batafsil o‘rganilmokda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolalar iste’mol qilgan 3,2 foizli kefir mahsuloti usbu holatga sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur mahsulot Oqqo‘rgon tumanida joylashgan ishlab chiqarish sexlaridan biridan keltirilgani ma’lum qilingan.

Hozirda shifokorlar bolalardan olingan tahlillar hamda bog‘chalarga yetkazilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan olingan namunalarni laboratoriyada tekshirmokda. Epidemiologik surishtiruv jarayonlari davom etmokda. Vazirlik so‘nggi tekshiruv natijalari va aniqlangan holatlar yuzasidan qo‘shimcha rasmiy ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

    Boshqa yangiliklar