AsosiyDunyo

Xitoyda mashhur "mafioz" oilasining 11 aʼzosi o‘limga hukm qilindi

Myanmadagi firibgarlik imperiyasini boshqargan Ming oilasining 11 aʼzosi Xitoy sudi tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilindi.

'Xitoyda mashhur "mafioz" oilasining 11 aʼzosi o‘limga hukm qilindi'ning rasmi

Xitoyning Venzhou shahrida 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud jarayonida firibgarlik, qimor va narkotik savdosi bilan shug‘ullangan Ming mafioz oilasining 11 nafar a’zosi o‘lim jazosiga hukm qilindi.

BBCning yozishicha, yana 5 nafar a’zoga kechiktirilgan o‘lim jazosi, 11 kishiga umrbod qamoq va qolganlariga 5 yildan 24 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan.

Minglar Myanmaning Laukkay shahrida yillar davomida noqonuniy faoliyat yuritib, milliardlab dollar daromad topgan. Ular boshqargan markazlarda odamlar qiynoqqa solingan, ayrim hollarda hatto o‘ldirilgan. BMT bu kabi jinoyat tarmoqlarini "qalloblik va majburlov asosidagi ekspluatatsiya" deb ataydi.

Ikki yil avval isyonchi guruhlar Laukkay shahrini bosib olgach, Ming oilasi rahbari joniga qasd qilgan. Qolgan a’zolar esa Myanma hukumat tomonidan Xitoyga topshirilgan edi.

Sud hukmida aytilishicha, jinoyatlar 2015 yildan buyon davom etgan. Bu ish Xitoyda noqonuniy transmilliy jinoyatlarga qarshi olib borilayotgan keng ko‘lamli kurashning bir qismi sifatida baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar