AsosiyDunyo

Trump Gʻazodagi urushni toʻxtatish boʻyicha 20 bandli rejasini eʼlon qildi

Reja urushni to‘xtatish, garovdagilarni ozod qilish va mintaqani qayta tiklashni o‘z ichiga oladi.

'Trump Gʻazodagi urushni toʻxtatish boʻyicha 20 bandli rejasini eʼlon qildi'ning rasmi

AQShning prezidenti Donald Trump G‘azoda tinchlikka erishish uchun radikal islohotlarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli 20 banddan iborat reja taklif qildi.

Reja urushni to‘xtatish, garovdagilarni ozod qilish va mintaqani qayta tiklashni o‘z ichiga oladi.

1-qismga ko‘ra, G‘azo radikalizmdan xoli, terrorizmsiz hududga aylantirilishi kerak. Urush bartaraf etilishi bilan yordam gumanitar tashkilotlar orqali hech qanday to‘siqlarsiz etkaziladi. Garovdagilar almashinuvi va qamoqdagilarni ozod qilish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. G‘azoning vaqtincha boshqaruvi xalqaro kuzatuv ostidagi falastinlik texnokratlar qo‘mitasiga o‘tadi.

Donald Trumpning o‘zi "Tinchlik Kengashi"ni boshqarishi ko‘zda tutilgan. Rejaga ko‘ra, mintaqada yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiyalar jalb qilish uchun "mo‘jiza shaharlar" konsepsiyasi ham joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar