Gollivud yulduzi Tom Kruz model va aktrisa Ana de Armas bilan bo‘lajak to‘yini nooddiy tarzda — adrenalinga boy va ekstremal holatda o‘tkazmoqchi. Bu haqda Hindistonning "Muthrubhumi" nashri insayderlarga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, juftlik suvosti marosimi, parashyutda sakrash va hatto koinotda turmush qurish kabi variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Garchi ular hali rasmiy unashtirilmagan bo‘lsa-da, 63 yoshli aktyor allaqachon to‘y tafsilotlarini muhokama qila boshlagan.
"Ular xavf va sarguzashtni yaxshi ko‘radi, shuning uchun to‘y ham iloji boricha nooddiy bo‘ladi", — deydi yaqin tanishlardan biri.
Ma'lumot uchun, Tom Kruz va Ana de Armas 2025 yil boshida uchrashishni boshlagan. Ularning munosabatlari iyul oyida Vermont shtatidagi birga dam olish chog‘ida ommaga oshkor bo‘lgan. Bu Tom Kruz uchun to‘rtinchi nikoh bo‘lishi mumkin — u bungacha Mimi Rozhers, Nikol Kidman va Keti Xolms bilan turmush qurgan.