AsosiyJamiyat

Ravshan Ermatov FIFA qoʻmitasi raisi oʻrinbosari boʻldi

Ermatov avvalroq Osiyo futbol konfederatsiyasi hakamlar qo‘mitasi raisining 2023−2027 yillar uchun o‘rinbosari bo‘lgandi.

'Ravshan Ermatov FIFA qoʻmitasi raisi oʻrinbosari boʻldi'ning rasmi

OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov 2025−2029 yillar uchun FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qoʻmitasi rais oʻrinbosari etib tayinlandi. Qoʻmita innovatsion yechimlarni sinovdan oʻtkazish va futbolda joriy etish ustida ish olib boradi.

Tarixda ilk bor oʻzbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA (Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi) qoʻmitasiga tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, tashkilot kengashining qarori bilan OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov 2025−2029 yillar uchun FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qoʻmitasi rais oʻrinbosari etib tayinlandi.

Qoʻmita futbolni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirishga qaratilgan eng muhim tuzilmalardan biri hisoblanadi.

U VAR, golni aniqlash texnologiyasi, yarimavtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring, sunʼiy intellekt kabi innovatsion yechimlarni rivojlantirish, sinovdan oʻtkazish va futbolda joriy etish ustida ish olib boradi.

Shuningdek, OʻFA bosh kotibi Avaz Maxsumov Sohil futboli qoʻmitasiga, OʻFA ayollar futbolini rivojlantirish boʻlimi boshligi Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari oʻrtasidagi musobaqalar qoʻmitasiga tayinlandi.

Ermatov avvalroq Osiyo futbol konfederatsiyasi hakamlar qoʻmitasi raisining 2023−2027 yillar uchun oʻrinbosari boʻlgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda 4-sinf qiz 5 ta bola tomonidan kaltaklanganiga rasmiy izoh berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:20

    Toshkentda 4-sinf qiz 5 ta bola tomonidan kaltaklanganiga rasmiy izoh berildi

    Bildirilishicha, holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

    'Toshkentda 2 ta Matiz to'qnashuvi ortidan uch kishi jarohatlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:44

    Toshkentda 2 ta Matiz to'qnashuvi ortidan uch kishi jarohatlandi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmogda.

    'Andijonda Nexia haydovchisi ikki voyaga yetmagan piyodani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:41

    Andijonda Nexia haydovchisi ikki voyaga yetmagan piyodani urib yubordi

    YTH tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagida sodir bo‘lgan.

    'Fargʻonada ikkita Lacetti toʻqnashishi ortidan ulardan biri yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:08

    Fargʻonada ikkita Lacetti toʻqnashishi ortidan ulardan biri yonib ketdi

    Holat yuzasidan tergovgacha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Shahnaza Mirziyoyeva mushug'i yo'qolib qoldi'ning rasmi

    Jamiyat 12.10.2025 22:30

    Shahnaza Mirziyoyeva mushug'i yo'qolib qoldi

    Mirziyoyeva bu haqda o'zining Instagram sahifasida yozib, mushukni topishda jamoatchilikdan yordam so'radi.

    'O'zbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qo'mitasidan joy oldi'ning rasmi

    Jamiyat 12.10.2025 21:26

    O'zbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qo'mitasidan joy oldi

    Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qo‘mitasiga tayinlandi.