“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 19 oktyabr kuni mamlakat bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi. Asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, biroq tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda esa yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Shamol sharqdan esadi, tezligi 3–12 m/s, ba’zi joylarda biroz kuchayadi.
Kechasi havo harorati 0–11 daraja iliq, shimolda biroz sovuqroq, tog‘li hududlarda 3–8 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 18–23 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 18–23 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryoda 21–26 daraja, Buxoro va Navoiyda 18–23 daraja, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa 13–18 daraja iliq bo‘lishi kutilmogda.
Tog‘li hududlarda kunduzi 10–15 daraja, kechasi esa 3–8 daraja iliq bo‘ladi.