AsosiyJamiyat

Yevropadan Turkiyaga 30 kg kokain olib kirishda gumonlangan o‘zbekistonlik ishi sudda ko‘rildi

Bosh konsulxona usbu sudda ishtirok etdi va voqea tafsilotlarini ochiqladi.

'Yevropadan Turkiyaga 30 kg kokain olib kirishda gumonlangan o‘zbekistonlik ishi sudda ko‘rildi'ning rasmi

2025 yil 16 oktyabr kuni Istanbul shahrining Bakirköy tumanida joylashgan og‘ir jinoyatlar bo‘yicha 17-sud binosida asli Samarqand viloyatidan bo‘lgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosining ishi yuzasidan navbatdagi (uchinchi) sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deya yozmoqda Bosh konsulxona. 

Ma’lum qilinishicha, sud jarayonida Bosh konsulxona diplomatlari ham ishtirok etgan.

Mazkur ish doirasida fuqaromizga nisbatan noqonuniy narkotik moddalarni olib kirish va ularning aylannmasi bilan bog‘liq ayblovlar ko‘rib chiqildi. Tergov materiallariga ko‘ra, jami 6 nafar shaxs hamda qidiruvda bo‘lgan yana bir necha kishi Yevropa davlatlaridan Turkiya hududiga 30 kg kokain va 800 kg psixotrop moddalarni yuk avtomashinasi orqali olib kirishda ayblangan.

Vatandoshimiz 2023–2024 yillarda ushbu yuk mashinasi turar joyiga yaqin joyda joylashgan yog‘och quti ishlab chiqarish ustaxonasida ishlagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar operatsiya o‘tkazgan paytda u mazkur hududda bo‘lganligi sababli qo‘lga olingan va gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan.

Sud majlisi yakuniga ko‘ra, sudya ish materiallarini ko‘rib chiqib, qamoqda saqlash choralari bekor qilinishi va uni ozod qilish haqida qaror qabul qildi, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda MIB xodimlari pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:15

    Surxondaryoda MIB xodimlari pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmоqda.

    'Navoiyada tuman FVB boshlig‘i 3000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:58

    Navoiyada tuman FVB boshlig‘i 3000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    Hozirda mansabdorqa nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugun respublika bo‘ylab bulutli ob-havo hukm suradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:09

    Bugun respublika bo‘ylab bulutli ob-havo hukm suradi

    19 oktyabr kungi ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 18.10.2025 20:10

    'Jizzahda "svet" o'g'rilari qo'lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 18.10.2025 18:57

    Jizzahda "svet" o'g'rilari qo'lga tushdi

    Jizzax viloyatida 2,2 mlrd so‘mlik elektro energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

    'Inflyatsiya 8 foizga pasaydi'ning rasmi

    Jamiyat 18.10.2025 17:50

    Inflyatsiya 8 foizga pasaydi

    Markaziy bank 2025 yil sentyabr holatiga ko‘ra, inflyatsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliyli infografikani e’lon qildi.