AsosiyDunyo

AQShda 86 yoshli zargarlik buyumlari o`g`risi qo`lga olindi

AQShda “Zargarlik buyumlari o`g`risi”, deb nom qozongan 86 yoshli ayol, Doris Peyn (Doris Payne) qo`lga olindi, deb xabar berdi “lenta.ru” nashri.

Time nashrining xabar berishicha, 86 yoshli ayol Jorjiya shtatidagi Danvud shahrida joylashgan Von Maur savdo markazidan narxi 2000 dollar bo`lgan marjonni o`g`irlayotganda qo`lga olingan. Pensoioner ayol o`g`rilikda ayblanib, Illinoys shtati, De-Kalb shahridagi qamoqxonaga yuborilgan.

2015 yilning oktyabr oyida Peyn Atlantadagi savdo markazlardan birida 690 dollarlik sirg`ani cho`ntagiga joylayotganda qo`lga olingan edi. Ayol o`z o`g`irlik karerasi davomida ikki million dollarlik zargarlik buyumlarini o`g`irlagan. 2013 yilda  Kaliforniya shtatidagi zargarlik do`konidan 40 ming dollarlik uzukni olib chiqib ketayotganda ham ushlangan, umumiy hisobda 20 marta o`g`irlik ustida qo`lgan olingan. Peyn Parijda, Monakoda va Tokioda ham o`g`irlik qilganini tan oldi.

Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, Peyn jinoyatni bir xil sxemada amalga oshirgan. U zargarlik do`koniga kelib, bir qancha, asosan brilliantli zargarlik buyumlarini ko`rsatishni so`ragan. Tomosha qilish jarayonida zargarlik buyumlardan birini cho`ntagiga solib, o`g`irlagan. U 1950 yildan beri o`g`irlik bilan shug`ullanib kelgan.

2013 yilda uning hayotiga bag`ishlab, “Doris Peynning hayoti va jinoyatlari” nomli film suratga olingan. Unda bosh rolni aktrisa Xolli Berri o`ynagan.

Boshqa yangiliklar