AsosiyJinoyat

Manzil koloniya mahkumi qochib, 3-sinf qizni zo‘rladi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida manzil koloniyadan qochgan mahkum voyaga yetmagan qizga jinsiy tajovuz qilgani aniqlandi.

'Manzil koloniya mahkumi qochib, 3-sinf qizni zo‘rladi'ning rasmi

IIV ma’lumotiga ko‘ra, 1994 yilda Farg‘onada tug‘ilgan M.T. ilgari Jinoyat kodeksining 118-moddasi bilan 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va joriy yilda manzil koloniyasiga o‘tkazilgan. U 16-oktabr kuni qochib ketgan va shu kuni 3-sinfda o‘qiydigan qizga uyalarsiz harakatlar sodir etgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan ish qo‘zgatilib, qamoqqa olingani ma’lum qilindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14 oktyabr kuni Namangan viloyatida 7 yoshli qiz qarindoshi tomonidan zo‘rlanganigi haqida ham xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar