AsosiySiyosat

Mirziyoyev Yevropa ishbilarmonlarini o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi

Xoʻsh, Oʻzbekiston yetakchisining Belgiyaga tashrifi doirasida yana nimalar rejalashtirilgan?

'Mirziyoyev Yevropa ishbilarmonlarini o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi'ning rasmi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belgiyaga rasmiy tashrifi doirasida Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan davra suhbati oʻtkazdi. 

Uchrashuvda "Vandewiele", "Linde", "Rhenus Logistics", "Ahlers Logistics", "Lasselsberger Group", "Pietro Fiorentini", "NextChem", "Meridiam", "SUEZ", "FMO", "European Investment Bank", "Commerzbank", "KfW", "Textima", "Chimcomplex", "Metso" hamda boshqa kompaniya va korporatsiyalarning rahbariyati ishtirok etdi.

Davlat rahbari tadbirda Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirok etayotgani yuqori oʻzaro ishonch va uzoq muddatli sheriklikka intilishning ifodasi ekanini alohida taʼkidladi.

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimning imzolanishi Oʻzbekiston va YI oʻrtasidagi munosabatlarda yangi davrni boshlab berishi qayd etildi.

Keyingi yetti yilda tovar ayirboshlamash ikki barobar koʻpaydi, Yevropa sarmoyasi ishtirokidagi qoʻshma korxonalar soni mingdan oshdi. Bu koʻrsatkichlar investorlarning Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarga ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Yevropalik hamkorlar Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va tubdan isloh qilish, ilgʻor texnologiyalar, korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish hamda innovatsion ishlab chiqarishni rivojlantirishga koʻmaklashayotgani qayd etildi. 

Prezident inson kapitalini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Yoshlarning oliy taʼlim olish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Yangi oliy oʻquv yurtlari tashkil etildi, xorijiy universitetlarning filiallari ochildi, yevropalik hamkorlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlari amalga oshirilmokda.

Uchrashuvda davlat rahbari hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning toʻrtta muhim yoʻnalishini koʻrsatib oʻtdi. 

Oʻzbekiston strategik xomashyo va minerallarni oʻzlashtirish va chuqur qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiyamatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan manfaatdor. 

"Yashil iqtisodiyot" va kimyo sanoati ham hamkorlik uchun istiqbolli yoʻnalishlardir. Mamlakat qayta tiklanadigan energetikani faol joriy etmoqda, energetika tizimini modernizatsiya qilmokda. Yevropalik hamkorlarga "yashil" energetika, energiya tejamlik va ekologik kimyo loyihalarida ishtirok etish taklif qilindi. 

Infratuzilma va logistikani rivojlantirish ham ustuvor ahamiyatga ega ekani koʻrsatib oʻtildi. Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari, temir yoʻllar va aeroportlarni oʻz ichiga olgan transport tarmogʻini modernizatsiya qilmokda. Mamlakat tranzit yoʻnalishlarini rivojlantirish, Yevropa va Osiyoni bogʻlaydigan zamonaviy logistika markazlarini barpo etish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor. 

Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari sohasiga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston IT-parklar va startup inkubatorlarini rivojlantirmoqda hamda Yevropa kompaniyalari bilan sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida hamkorlik qilishga tayyor.

Davra suhbati ishtirokchilari, oʻz navbatida, mamlakatda investitsiyalar uchun yaratilgan shaffof va barqaror sharoitlarni yuqori baholadilar hamda yurtimizda yangi qoʻshma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat 24.10.2025 20:56

    ''ning rasmi

    Siyosat 24.10.2025 19:36

    'Bugun Mirziyoyev Qirol Filipp bilan uchrashadi'ning rasmi

    Siyosat 24.10.2025 07:12

    Bugun Mirziyoyev Qirol Filipp bilan uchrashadi

    O‘zbekiston yetakchisi rasmiy tashrif bilan Belgiya poytaxtiga etib bordi.

    'Shavkat Mirziyoyev Bryusselga yo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat 23.10.2025 16:10

    Shavkat Mirziyoyev Bryusselga yo‘nab ketdi

    Xo'sh, O'zbekiston yetakchisi Bryusseldа nima qiladi?

    'Sardorbek Umurzakov yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 22.10.2025 22:23

    Sardorbek Umurzakov yangi lavozimga tayinlandi

    U ilgari egalab turgan lavozimidan ozod etildi.

    'Mirziyoyev ertaga rasmiy tashrif bilan Belgiyaga uchib ketadi'ning rasmi

    Siyosat 22.10.2025 19:52

    Mirziyoyev ertaga rasmiy tashrif bilan Belgiyaga uchib ketadi

    Tashrif doirasida prezidentning Belgiya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishi va Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlarini qabul qilishi rejalashtirilgan.