AsosiySiyosat

AQSh prezidentining maxsus vakili Serjio Gor O'zbekistonga keladi

Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabar bermoqda.

'AQSh prezidentining maxsus vakili Serjio Gor O'zbekistonga keladi'ning rasmi

AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Sergio Gor va davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau oktyabr oyi oxirida O‘zbekistonga tashrif buyuradi, undan oldin ular Qozog‘istonda bo‘ladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ular hukumat vakillari bilan uchrashib, "keng ko‘lamli iqtisodiy va xavfsizlik masalalarini" muhokama qiladi, deyiladi xabarda.

"Qo‘shma Shtatlar munosabatlarni mustahkamlash va savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida Markaziy Osiyodagi hamkasblarimiz bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga umid qilamiz hamda AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi C5+1 diplomatik platformasi doirasidagi sheriklikning o‘n yilligini nishonlaymiz", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar