AsosiyJinoyat

Janubiy Koreya va Slovakiyaqa ishga yuborishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi

Namanganda xorijga ishga yuborishni va'da qilgan ikki shaxs fuqarolardan katta miqdorda pul olib, qo'lga tushdi.

'Janubiy Koreya va Slovakiyaqa ishga yuborishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Namangan shahridagi xususiy bandlik agentligining norasmiy xodimi To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi to‘rt nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yubirish evaziga 2 ming dollar so‘ragan. U oldindan 1 ming dollar olgan paytda DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.

Boshqa holatda esa Namangan shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari fuqaroni Slovakiya yuborish evaziga 40 million so‘m talab qilgan. U oldindan 600 dollar va 2,8 million so‘m olgan paytda qo‘lga olingan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, har ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bo‘yicha ish qo‘zgatilgan va tergov ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar