30 oktyabrdan 13 noyabrgacha Samarqandda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. 6 noyabr kuni esa tashkilotga a’zo davlatlar ning yangi Bosh direktori saylaydi.
Mazkur lavozimga Misr nomzodi Xolid al-Anoniy ilgari surilgan bo‘lib, u Parijda o‘tgan ovoz berishda 58 ta mamlakatdan 55 tasining qo‘llovini olgan. Agar u saylansa, tashkilot tarixida bu lavozimni egallagan birinchi arab va ikkinchi afrikalik rahbar bo‘ladi.
Hozirda UNESCO' ni 2017 yildan ber fransuzlik Odri Azule boshqarib kelmoqda. Yangi rahbar noyabr o‘rtalarida lavozimga kirishi kutilmogda.






