AsosiySalomatlik

Sochlarni tiklovchi 8 niqob

  1. Sochlarga kefir yoki mayonez surtib, sellofan  va sochiq bilan o`rang-da, 20 daqiqadan so`ng yuvib tashlang. So`ngra moychechakli damlama bilan chaying.
  2.  3 osh qoshiq shampunga 1  dona tuxum, 1 osh qoshiq quruq jelatin qo`shing-da, sochlaringizni yuving. Ularning rangi jilolanib, qalin ko`rinadi.
  3. Shampunga  E, V, R vitaminlari yoki efir yog`lari qo`shish ham foyda beradi.
  4. Sochlaringizni yirik tuzlar bilan massaj qiling. 10 daqiqalik uqalashdan keyin iliq suvda shampun bilan yuving.
  5. 1 bosh piyozni maydalab, 1 stakan suvga solib qo`ying. 1 kundan keyin ularni sochlaringizga surtib, 15 daqiqa kuting. So`ngra yaxshilab yuving. Bu sochlar to`kilishini ham to`xtatadi.
  6. 1 bo`lak qovoqni olib, qirg`ichdan o`tkazing. So`ngra sharbatini ajratib, unga istalgan efir yog`idan 2 choy qoshiq qo`shing-da, niqobni sochlaringizga uzunligi bo`yicha surting. Sellofan va sochiq bilan o`rab, 25 daqiqa kuting. So`ngra iliq suv bilan yuving.
  7. 1 dona sabzi sharbatiga 1-2 choy qoshiq limon sharbati va zaytun yog`i qo`shing. Sochlaringizga niqobni 10 daqiqaga surtib qo`ying.  So`ngra yuvasiz.
  8. 1 stakan kefirga 2 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq zaytun yog`i soling-da, sochlaringizga surting. 15 daqiqa o`tgach, sochlarni yuvishingiz mumkin. Bu ayniqsa, quruq sochlar uchun foydali.  

 

Boshqa yangiliklar