Kecha, 29-oktabr kuni O‘zbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Serbiya Respublikasining Birinchi xonimi Tamara Vuchich o‘rtasida Toshkent shahrida samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, gumanitar va madaniy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich o‘rtasidagi yuqori darajadagi muzokaralar natijalari ikki mamakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va do‘stlikni mustahkamlashiga ishonch bildirildi.
Suhbatdan so‘ng, O‘zbekiston Birinchi xonimi mehmonga O‘zbekiston xalq amaliy san’ati va an’analarini aks ettiruvchi maxsus madaniy dastur taqdim etildi.
Uchrashuv do‘stona va ishonchli muhitda o‘tib, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga bo‘lgan qat’iy iroda yana bir bor tasdiqlandi.






