AsosiySiyosat

Bugun qanday ob-havo bo'ladi?

Respublikaning ayrim hududlarida harorat 28 daraja issiq bo'ladi.

'Bugun qanday ob-havo bo'ladi?'ning rasmi

"O'zgidromet" bugun, 30 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 23-25 daraja bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida havo o'zgaruvchan bo'ladi, kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi, kechasi ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo'ladi.

Xorazm viloyatida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo'ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo'ladi.

Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja bo'ladi.

    Boshqa yangiliklar