AsosiyDunyo
8706

O`ljasini bolalar uyiga hadya qilgan o`g`ri yigit qo`lga olindi

Rossiyaning Kostroma shahrida bolalar uchun mo`ljallangan qimmatbaho o`yinchoq moslamani ijaraga olib, uni bolalar uyiga sovg`a qilgan residivist jinoyatchi yigit qo`lga olindi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Nashrning ma`lum qilishicha, yigit jinoyatni ongli ravishda sodir etganini tan olgan. Uning so`zlariga qaraganda, yigitning o`zi bolalar uyida tarbiyalanganligi tufayli bolalar uyining sharoitini, bolalarga  zamonaviy o`yinchoqlar etishmasligini yaxshi bilgan.

Yigit ilgari ham o`g`irligi va firibgarligi uchun bir necha marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Boshqa yangiliklar