AsosiySiyosat

Tuzilmasi o‘zgarmasin. Orfan kasalliklar bilan og‘rigan bolalarga yordam kengayadi

Davlat 2026–2030 yillarda orfan va irsiy-genetik kasalliklar bilan yashayotgan bolalarga bepul dori, diagnostika va maxsus oziq-ovqat yetkazib berishni kengaytiradi

'Tuzilmasi o‘zgarmasin. Orfan kasalliklar bilan og‘rigan bolalarga yordam kengayadi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 noyabr kuni tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi islohotlar, orfan kasalliklarga chalingan bolalarga ko‘rsatiladigan yordam va yangi loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotga ko‘ra, endi davolanishi davlat hisobidan qamrab olinadigan bolalar soni ortadi, yosh chegarasi 18 dan 21 ga uzaytiriladi. 2026–2030 yillarda bu yo‘nalishga jami 961 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshiriladi, retseptli dorilarning narxi 40–50 foizga tushadi, davlat xaridlari “farma.xarid.uz” tizimi orqali shaffof tarzda amalga oshiriladi. Yangi islohotlar doirasida biotibbiy hujayra mahsulotlarini ishlab chiqarish, tezlashtirilgan ro‘yxatga olish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

    Boshqa yangiliklar