Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida FHYe organlarida 177 mingta nikoh tuzilgan.
Hududlar kesimida bu ko‘rsatkich bo‘yicha Samarqand viloyati (21,2 mingta) yetakchilik qilmogda. Undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (19,4 mingta) va Qashqadaryo viloyatlari (17,7 mingta) joylashgan.
Eng kam nikohlar Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — atigi 4,5 mingta.






