1

“Oq oltin” haqida nimalarni bilasiz?

Salomatlik 19.12.2016, 10:58
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
“Oq oltin” haqida nimalarni bilasiz?

Osh tuzi – bu xlorid natriy, NaCl demakdir. Shuningdek, uni xlorli natriy, osh qoshiqli tuz, toshli tuz ham deyishadi. Tuzni toshli, mayda, yodlangan kabi navlarga ham bo`lishadi. Tabiiy osh tuzi 39,4% natriydan va 60,0% xlordan tashkil topgan.

Kuniga 5 g. tuz iste`mol qilish kishi uchun fiziologik me`yor hisoblanadi. Biroq Evropadagi o`rta yoshli kishilar kuniga 10 g. tuz eyishar ekan. Ayrim tadqiqotchilar esa tuz iste`mol qilish 20-25 g.dan oshib ketmasligi darkorligini ta`kidlaydilar. Tuz inson organizmida ikki funksiyani bajaradi. Birinchidan, tanadagi suv balansini ushlab turadi. Ikkinchidan, oshqozon uchun ko`makchidir. Me`yoridan ortiq tuzni biz asosan dudlangan mahsulotlarda eb qo`yamiz. Masalan, pishloq, kolbasa, dudlangan mahsulotlarda, tuzlamalarda va baliq konservasi, chipsilarda ham. Agar bu eguliklarsiz yashay olmasangiz, taomlarga tuz solishdan tiyilganingiz ma`qul.

Ona suti bilan oziqlanadigan bolalar tuzga muhtoj bo`lmaydi. Chunki ona sutida go`dak uchun etarli tuz bo`ladi.

Inson tuzsiz taomni 10 yoki 11 kun eyishi mumkin. Ayrim kishilar ozish maqsadida tuzsiz ovqatlarni baham ko`rishadi. Ammo bu hamisha ham ko`ngildagiday natija bermaydi. Organizmga tuz etishmasligi – bosh og`rig`i, bosh aylanishi, ko`ngil aynishini keltirib chiqaradi. Shu boisdan oriqlashishni istagan kishilar parhez qilmasdan avval dietolog bilan maslahatlashishi o`rinli.

Tadqiqotlarga ko`ra, tuzni ayollarga qaraganda erkaklar ko`proq iste`mol qilar ekan. Osh tuzini ko`p iste`mol qilish zarar hisoblanadi. Xususan, ayollarda terining dag`allashishi va tez qarish alomatlarini kuchaytiradi. Barcha yoshdagi odamlar uchun esa ortiqcha vazn to`plashga turtki hamdir.

Yana bir qiziq ma`lumot, o`rta asrlarda tuz juda noyob sanalib, uni “oq oltin” deb ham atashgan.

Aytishlaricha, oziq-ovqat uchun osh tuzi juda kam miqdorda ishlatilar, tuzning katta miqdori qishning izg`irin kunlarida avtohalokatlarning odini olish uchun muz bilan qoplangan yo`l ustiga sepiladi.

Buyrak toshi va gipertonik kasalliklar bilan og`rigan insonlarga tuzni iste`mol qilish zudlik bilan kamaytirsa, maqsadga muvofiq bo`ladi.

Osh tuzi to`rt xil navda bo`lishi mumkin. Ular ekstra, oliy navli, birinchi va ikkinchi navdagi tuzlardir. Osh tuzini maxsus quti yoki o`ramga joylashadi. Tuzni bunday o`ramga 1000 g. miqdorda solish mumkin. Transport vositalarini halokatdan saqlash uchun ishlatiladigan tuzni boshqa idishlarga qadoqlashadi. Osh tuzini usti yopiq va quruq joyda saqlash lozim. U namlikni yoqtirmaydi. Katta miqdordagi tuzni esa usti ochiq joyda saqlagan ma`qul.

 

Tuz rangi va navidan qat`i nazar, u sho`r bo`lishi lozim. Unga boshqa nordon ta`mli va turfa ta`m beruvchi moddalar qo`shilmasligi kerak. Omma tilida yodlangan tuz degan tushuncha bor. Biroq bu kabi tuz oddiy osh tuziga yodli kaliy qo`shilishi bilan hosil qilinadi. Yodlangan tuz organizmdagi yod tanqisligini bartaraf etadi. Ammo boshqa navli tuzlardan farqi shuki, vaqt o`tishi bilan yodlangan tuz o`z ta`sir kuchini yo`qotadi. Olti oydan so`ng yodlangan tuz yaroqsizlanadi, ya`ni undagi yod miqdori kamayib, oddiy osh tuziga aylanadi-qoladi. Shu bois yodlangan tuzni ham o`z vaqtida iste`mol qilgan ma`qul. Uni quruq va usti zich yopiq joyda saqlash kerak.

Ikki qavat o`ralgan tuz 2,5 yilgacha, ichida paketi yo`q qutili tuz 1 yilga, polietilen qoplamali tuz 5 yilga, qog`oz qoplisi 1 yilga etadi.

Zilola JALOLOVA tayyorladi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1