1

Yo`llarda harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida hisobot berildi

Jamiyat 19.12.2016, 12:31
Teglar: Avto, YTH
Yo`llarda harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida hisobot berildi

2016 yilning 10 noyabridan 2017 yilning 10 yanvariga qadar mamlakatimizda harakat xavfsizligi tadbiri o`tkazilmoqda, deb yozadi O`zA.

Har yili an`anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan harakat xavfsizligi oyligi yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash, yo`l-transport hodisalarining oldini olishda katta ahamiyat kasb etayotir. 

Tadbir doirasida yo`l-transport hodisalarining oldini olish, aholi o`rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan choralar ko`rilmoqda. Tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda uch ming kilometrdan ziyod piyodalar yo`laklari va bolalar harakati serqatnov bo`lgan yo`llar ko`rikdan o`tkazildi. 

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mahalliy hokimliklar va tegishli tashkilotlarga taqdimnoma va takliflar kiritildi. Natijada mingdan ortiq yangi yo`l belgisi o`rnatildi, bir ming to`rt yuzga yaqin eskirgan yo`l belgisi yangilariga almashtirildi. 

Jamoat joylarida 13 mingdan ziyod panno va banner o`rnatilib, ogohlikka chaqiruvchi plakatlar ilindi. Ichki ishlar organlari xodimlari bilan birga davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari ham jalb etilib, mahallalar, o`quv yurtlari, korxona va tashkilotlarda uchrashuv va davra suhbatlari o`tkazilmoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, tadbirni samarali o`tkazish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda reyd o`tkazuvchi mingdan ortiq maxsus guruh tuzilib, ular tomonidan 4 mingdan ziyod reyd o`tkazildi. 

Transport vositalarining texnik holati ko`rigi bo`yicha tadbirlar tashkil etilayotir. Xususan, 53 ming 635 transport vositasi tekshirilib, ularda 861 texnik nosozlik aniqlandi. 

Yo`l harakati xavfsizligiga oid ijtimoiy reklama va shiorlar ko`chalar, maydonlar va jamoat joylari, barcha turdagi jamoat transporti salonlariga o`rnatilgan. Markaziy ko`chalarda joylashgan monitorlar orqali maxsus videoroliklar muntazam ravishda namoyish etib borilmoqda. 

Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashda nafaqat haydovchilar, balki piyodalar, ayniqsa, bolalar o`rtasida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Yo`l qoidasini barcha yaxshi bilishi va ularga to`la amal qilishi zarur. Shu bois davlat yo`l harakati xavfsizligi xodimlari jamoat joylarida, mahalla, korxona va tashkilotlarda keng ko`lamli targ`ibot-tushuntirish ishlarini olib bormoqda. 

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarasida yo`l-transport hodisalari va uning oqibatida shikastlanganlar soni sezilarli darajada kamaydi.

Sharhlar

Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

12.05.2023, 09:55

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...
Qoraqalpog`istonda "Nexia-3" va yuk mashinasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi, 5 odam halok bo`lgan (video)

06.02.2023, 13:36

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida katta avariya sodir bo`ldi (video)

13.01.2023, 09:20

Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1