AsosiyJamiyat

O‘zbekiston ekologiyasi uchun GEF 6,1 mln dollar ajratadi

Shuningdek, ushbu tashkilot Markaziy Osiyo ekotizimi bo‘yicha loyihani qiymati 18,4 million dollar bilan moliyalashtiradi.

'O‘zbekiston ekologiyasi uchun GEF 6,1 mln dollar ajratadi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) bilan hamkorlikda "GEF-8" doirasida “O‘zbekistonda qimmatli landshaftlarni kompleks boshqarish va tiklash (EcoLand)” loyihasini ishga tushirmoqda. Loyiha Global ekologik fond (GEF) tomonidan moliyalashtiriladi.

"CITES CoP20" Konferensiyasi doirasida grant shartnomasini imzolash va loyiha taqdimoti marosimi bo‘lib o‘tdi.

Umumiy qiymati 6,1 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi "EcoLand" loyihasi O‘zbekistondagi uchta asosiy klaster landshaftlarda ekotizimlarni tiklash va saqlash bo‘yicha innovatsion kompleks yondashuvlarni kengaytirishga qaratilgan.

Loyiha mamlakatning eng qimmatli va xilma-xil tabiiy landshaftlarini ifodalovchi olti viloyatning o‘nta pilot tumani: Toshkent viloyati (Parkent va Ohangaron tumanlari), Surxondaryo viloyati (Boysun va Sherobod tumanlari), Qashqadaryo viloyati (Dehqonobod tumani), Navoiy viloyati (Xatirchi va Nurota tumanlari), Samarqand viloyati (Qo‘shrabot va Payariq tumanlari), Jizzax viloyati (Forish tumani) amalga oshiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda suv va yer resurslarining o‘zaro bog‘liqligi” (CAWLN) dasturi doirasida Markaziy Osiyoda umumiy qiymati 18,4 million AQSH dollari bo‘lgan loyihalar amalga oshiriladi. CAWLN dasturi Markaziy Osiyo davlatlari — Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston duch kelayotgan umumiy ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan.

”Ushbu dastur haqida: Markaziy Osiyo — Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Panj va Norin kabi yirik daryo havzalarini, shuningdek, tog‘-dasht hududlar, yaylov ekotizimlari, cho‘l va yarim cho‘l landshaftlarini o‘z ichiga olgan ekologik jihatdan noyob mintaqa. Biroq resurslarga bo‘lgan talabning ortishi, aholining ko‘payishi, yerlarning degradatsiyasi, suv tanqisligining kuchayishi va tezlashayotgan iqlim o‘zgarishi ekologik barqarorlikka jiddiy tahdid solmoqda. Bugungi kunda mintaqa yerlarining qariyb yarmi degradatsiyaga uchragan, iqtisodiy zarar esa yiliga 6 milliard AQSH dollarigacha yetmoqda. Suv resurslarining cheklanganligi qishloq xo‘jaligi, energetika, ichimlik suvi ta’minoti va ekotizimlarning barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Shunday murakkab sharoitda CAWLN dasturi ilmiy, integratsiyalashgan va mintaqaviy yondashuv asosida Markaziy Osiyoda suv va yer resurslarini boshqarishni takomillashtirish, erta ogohlantirish tizimlarini kuchaytirish, ekotizimlarni tiklash va iqlim ta’siriga chidamlilikni oshirishga qaratilgan. GEF tomonidan moliyalashtirilayotgan yetti yirik loyihani birlashtirgan ushbu dasturda O‘zbekiston to‘rtta asosiy tashabbusni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Birinchi loyiha — Amudaryo, Zarafshon va Panj havzalarida integratsiyalashgan suv resurslari boshqaruvini kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, uning qiymati 5,84 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyiha barqaror suv boshqaruvi tamoyillarini joriy etish, monitoring va ma’lumot almashinuvini modernizatsiya qilish, ekologik oqimlarni saqlash va transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlashni ko‘zda tutadi.  

Ikkinchi loyiha — Sirdaryo va Norin havzalarida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirishga bag‘ishlangan bo‘lib, 5 million AQSH dollari ajratilgan. Loyiha suv taqsimoti samaradorligini oshirish, erta ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish, suv sifati monitoringini yangilash hamda davlatlararo muvofiqlashtirishni kuchaytirishga qaratilgan.

Uchinchi loyiha — O‘zbekistonda yer va suvni integratsiyalashgan boshqaruv asosida ekotizim xizmatlari va bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash loyihasidir. Uning umumiy qiymati 5,6 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyiha degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, agroekologik yondashuvlarni ilgari surish, noyob o‘simlik turlarini va agro-bioxilmaxillikni saqlash, ekotizim xizmatlarini mustahkamlash hamda mahalliy aholi farovonligini oshirishni o‘z ichiga oladi.

To‘rtinchi loyiha — Markaziy Osiyodagi zaif ekotizimlarda yer degradatsiyasini kamaytirishga qaratilgan mintaqaviy tashabbus bo‘lib, qiymati 2 million AQSH dollaridir. Loyiha yuqori cho‘llanish xavfi bo‘lgan hududlarda yerlarni tiklash, barqaror yer resurslari boshqaruvini joriy etish, monitoringni kuchaytirish va mahalliy jamoalarning iqlimga moslashuvchanligini oshirishni nazarda tutadi.” - deb ma’lumot bermoqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda alkogol’ mahsulotlariga aksiz solig‘i JST talablari asosida birlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:12

    O‘zbekistonda alkogol’ mahsulotlariga aksiz solig‘i JST talablari asosida birlashtiriladi

    2027 yil 1 yanvargacha alkogolʼ mahsulotlariga qoʻllaniladigan aksiz stavkalari bosqichma-bosqich tenglashtiriladi.

    'Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘lgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:05

    Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘lgani aytilmoqda

    Namangan viloyatiga davolanish uchun borgan navoiylik YPX xodimi YTH oqibatida vafot etdi.

    'O‘zbekistonda “Shajara” axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:42

    O‘zbekistonda “Shajara” axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi

    2026 yil 1 sentyabrdan fuqarolar o‘z oila shajarasini onlayn tarzda ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:10

    'Xorijiy va nodavlat OTMlardagi boʻsh grant oʻrinlari uchun qoʻshimcha tanlov eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:16

    Xorijiy va nodavlat OTMlardagi boʻsh grant oʻrinlari uchun qoʻshimcha tanlov eʼlon qilindi

    Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar uchun test sinovlari 11 dekabrgacha oʻtkaziladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:44