Bu haqida Tehron Birlashgan Millatlar Tashkilotiga rasmiy murojaat yo‘llaganini bildirdi.
Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy tomonidan yuborilgan hujjatda Bahrayn, Sauudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya javobgarlikka tortilishi kerakligi qayd etilgan.
Tehron ushbu davlatlar o‘z hududlarini hujumlar uchun taqdim etgani va ayrim hollarda bevosita ishtirok etganini ta’kidlab, bu harakatlarni xalqaro huquq nuqtai nazaridan “agressiya” deb baholamoqda.
Shu bilan birga, Fors ko‘rfazi davlatlari va Iordaniya bu ayblovlarni rad etib, AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyalarida ishtirok etmaganini ma’lum qildi.






