Toshkent shahri markazida joylashgan Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi binosi auktsionga qoʻyildi. Auktsionga qoʻyilgan obyektning boshlangʻich bahosi - 58,61 mlrd soʻm.
1956 yilda qurilgan toʻrt qavatli bino Shayxontohur tumani Labzak koʻchasida joylashgan. Inshootlar maydoni 4075 kv.m., yer uchastkasi 1050 kv.m.ni tashkil etadi.
Sotuv shartlariga koʻra, yangi mulkdor bu yerda ofis va xizmat koʻrsatish obyektlarini shaharsozlik meʼyorlariga muvofiq joylashtirishi kerak.
Qoʻmita shartnoma imzolanganidan keyin uch yil ichida binoni boʻshatishi shart. Yangi Toshkentdagi yangi bino ertaroq bitadigan boʻlsa, qoʻmitaning koʻchish muddati qisqaradi.
Auktsion 18 dekabga belgilangan boʻlib, klassik auktsion shaklida oʻtkaziladi. Savdolar davlat xususiylashtirish dasturi doirasida oʻtkazilmogda, unga koʻra yaqin vaqt ichida bir qator vazirlik va idoralarning binolari sotuvga qoʻyiladi.
Avvalroq barcha davlat idoralari Yangi Toshkentga koʻchib oʻtishi, hozirgi maʼmuriy binolar oʻrnida mehmonxonalar, doʻkonlar va xizmat koʻrsatish obyektlari paydo boʻlishi haqida xabar berilgan edi.






