AsosiyJamiyat

TDYU Yangi Toshkentga ko'chiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun Yangi Toshkentda zamonaviy kampus barpo etiladi.

'TDYU Yangi Toshkentga ko'chiriladi'ning rasmi

Hujjatda belgilangani dek, universitet uchun Yangi Toshkent hududidan alohida yer maydoni ajratiladi. Kampusni loyihalash va qurish bo‘yicha eng maqbul takliflar tanlanadi.

Adliya vazirligi, buyurtmachi bilan birgalikda, loyihani moliyalashtirish va amalga oshirish jarayoniga xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar hamda yirik qurilish kompaniyalarini jalb etadi.

Qurilish ishlari 2025–2028 yillar davomida amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar