Navoiydagi qattiq tartibli 11-son JIÉKda jazo muddatini o‘tayotgan Shuhrat Sotvoldiyev 23 noyabr kuni sog‘lig‘i keskin yomonlashgani uchun RShTYOIMning Navoiy viloyat filialiga olib kelingan. Unga “ikki tomonlama og‘ir kechuvchi bronkopnevmoniya” tashxisi qo‘yilgani aytildi.
Sog‘lig‘ining og‘irligi sabab 26 noyabr kuni sud mahkumni jazodan ozod etish to‘g‘risida qaror ham chiqargan. Biroq 27 noyabr kuni u shifoxonada vafot etdi.
Marhumning qarindoshlari Sotvoldiyev kaltaklanganini, vaqtincha ko‘rilgani va shifokorlar jarohat izlarini yashirganini da’vo qilmoqda. Uning qizi otasining bo‘yni shishgani, qovurg‘alarida shikast bo‘lgani haqida aytib, tahlil natijalarini ko‘rishga uringani, ammo rad etilganini ma’lum qilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) va Navoiy maxsus prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlaganini tasdiqlagan. Prokuratura tekshiruv har tomonlama va xolis o‘tkazilishiga va’da bergan.
Ma’lumot uchun, Shuhrat Sotvoldiyev firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanib, 2025 yil aprelida 9,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U avval ham 9 mlrd so‘m mablag‘ini ololmayotgani uchun ochlik e’lon qilishga urinishi bilan omma e’tiboriga tushgan.






